AsosiyJamiyat

Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi nodavlat universitet filialiga litsenziya olib berishni va'da qilib, 100 ming AQSh dollar olgan vaqtida qo'lga olindi.

'Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, vazirlikning Ta'lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nodavlat oliy ta'lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish uchun litsenziyani qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga universitet mansabdoridan 100 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan DHX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qor va -10 daraja: "O'zgidromet" havo sovishi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:44

    Qor va -10 daraja: "O'zgidromet" havo sovishi haqida ogohlantirdi

    Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 9–12 mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

    'Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:54

    Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

    Navoiy shahridagi 11-aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashgan maktabining 23 nafar o‘quvchisi oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin qabul qilindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:03

    'Toshkentda Lacetti boshqargan voyaga yetmagan bola YPXdan qochib YTH sodir etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:55

    Toshkentda Lacetti boshqargan voyaga yetmagan bola YPXdan qochib YTH sodir etdi

    Chilonzorda YPX xodimlarining toʻxtash talabiga boʻysunmagan Lacetti haydovchisi qochish vaqtida boshqa mashina bilan toʻqnashib ketdi.

    'Pastdarg‘omda sudya pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:25

    Pastdarg‘omda sudya pora bilan qo‘lga tushdi

    Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya 300 AQSH dollari pora olgan vaqtida ushlangan.

    'BMW urib ketgan YПX inspektori oilasiga uy berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    BMW urib ketgan YПX inspektori oilasiga uy berildi

    Toshkentda xizmat vaqtida halok bo‘lgan YPX inspektori Hosilbek Eshnazarov xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik majmuasi ochildi.