28 fevral kuni Eronga qarshi AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan qo‘shma harbiy operatsiya bir necha oy davom etishi mumkin. Bu haqda Isroil xavfsizlik manbasi 12-kanalga ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, operatsiya ikki davlat o‘rtasida yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha bosqichlar oldindan muvofiqlashtirilgan.
Dastlabki bosqich to‘rt kunga mo‘ljallangan. Ilk zarbalar ertalabki vaqtda amalga oshirilgani, bu esa Eron tomonini kutilmagan vaziyatga solish maqsadida tanlangan strategik qadam ekani ta’kidlanmoqda.
Ayni paytda, AQSh prezidenti Donald Trump Eron bilan muzokaraldan norozi ekanini bildirib, Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga qat’iyan qarshi ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron uranni boyitish imkoniyatiga ham ega bo‘lmasligi kerak.






