AsosiyDunyo

NATO Arktikaga o‘n minglab harbiy yuborishni rejalashtirmoqda

Alyans "Arktika qo'riqchisi" (Arctic Sentry) missiyasi doirasida Grenlandiya va Norvegiyada keng ko'lamli mashqlar o'tkazadi.

'NATO Arktikaga o‘n minglab harbiy yuborishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) yangi "Arktika qo'riqchisi" missiyasi doirasida mintaqaga o'n minglab harbiy xizmatchilarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, tashabbus doirasida o'tkaziladigan mashqlarda alyansning o'n minglab harbiylari ishtirok etadi. Jumladan, Grenlandiyada Daniya tomonidan o'tkaziladigan "Arctic Endurance" hamda Norvegiyadagi "Cold Response" mashqlari ham usbu jarayonning bir qismi bo'ladi. Qayd etilishicha, mazkur mashqlar NATOning yangi missiyasidan qat'i nazar, avvaldan rejalashtirilgan.

"Men barcha tafsilotlarni oshkor qila olmayman, aks holda Moskva va Pekindagi doiralarni ortiqcha xabardor qilib qo'ygan bo'laman. Bizning baholashimizga ko'ra, Rossiya va Xitoy usbu mintaqada katta qiziqish bildirmoqda", — degan Mark Ryutte.

Bosh kotibning ta'kidlashicha, tashabbusning asosiy maqsadi Rossiya va Xitoyning Grenlandiya hamda uning iqtisodiy resurslariga kirish imkoniyatini cheklashdan iborat.

    Boshqa yangiliklar