Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan mazkur loyiha mamlakatdagi barcha ilmiy-tadqiqot infratuzilmalari haqidagi ma’lumotlarni yagona markazlashtirilgan axborot resursi sifatida jamlab, ularni samarali boshqarish imkonini beradi. Bu haqda innovatsion rivojlanish agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ilm-fan va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ilmiy infratuzilmalardan foydalanish samaradorligi prognozlanishi va optimallashtirilishiga oid tahllilarning sun’iy intellekt texnologiyalari orqali amalga oshirilishi natijasida vaqt va resurslarning tejalishiga erishiladi. Platforma sohada ochiqlik, shaffoflik hamda hamkorlik aloqalarining yanada kuchayishiga ham xizmat qiladi.
Mutaxassislar ushbu platforma ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, takroriy xarajatlarni kamaytirish, respublikamizning turli hududlarida tashkil etilgan ilmiy laboratoriyalarning imkoniyatlaridan to‘liq va maqsadli foydalanishga xizmat qilishini ta’kidlamoqdalar.
Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida respublikada ilm-fanning raqamli kelajagini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biriga aylanishi kutilayotgan platforma joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Platforma sohada ochiqlik, shaffoflik hamda hamkorlik aloqalarining yanada kuchayishiga ham xizmat qiladi.






