Bugun, 22 yanvar kuni taxminan soat 17:30 atrofida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida Shahrisabz va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasida YPX inspektori ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
2000 yilda tug‘ilgan Lacetti haydovchisi chorrahada harakatlanayotib, yo‘nalishini keskin o‘zgartirgan va chapga burilish vaqtida xizmat vazifasini bajarayotgan chorraha markazida bo‘lgan YPX inspektorini urib yuborgan.
YTH natijasida YPX inspektoriga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






