AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi

Kengash tarkibidan jahonning turli mamlakatlaridan nufuzli va ta'sirga ega yetakchilar o‘rin oldi.

'Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni Shveytsariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tgan tadbirda Argentina, Armaniston, Bahrayn, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Marokash, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Paragvay, Pokiston, Qatar, Qozog‘iston, Sauudiya Arabistoni, Turkiya, Vengriya va boshqa davlatlar rahbarlari, bosh vazirlari va tashqi ishlar vazirlari ham qatnashdi.

Tinchlik kengashining tashkil etilishi O‘zbekiston tashqi siyosatining tinchlikni ta’minlash borasidagi tashabbuslari va ko‘p qirrali hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalariga mosdir. Yangi tuzilma BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan qo‘llab-quvvatlangan G‘azo sektoridagi mojaroni tugatish bo‘yicha kompleks rejani amalga oshirish doirasida shakllantirilmoqda.

Tinchlik kengashi mojaroning keskinlashuv xavfini kamaytirish, G‘azo sektorida iqtisodiy va ijtimoiy tiklanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu farovon iqtisodiyot va tinch-osoyishta hayotga ega Yangi G‘azoni barpo etish, istiqbolda Falastin davlatini tuzish imkoniyatini vujudga keltirmoqda.

Kengash tarkibidan jahonning turli mamlakatlaridan nufuzli va ta’sirga ega yetakchilar o‘rin oldi.

Kengash Nizomini imzolab, O‘zbekiston uni ta’sis etgan davlatlardan biriga aylandi. Bu mamlakatimizning kengash faoliyatida izchil ishtirok etishga hamda barcha ta’sischi davlatlar va xalqaro sheriklar bilan yaqin hamkorlikda uning vakolatlarini hayotga tatbiq etishda amaliy hissa qo‘shishga tayyorligini anglatadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi chorani ko‘rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 12:53

    Prezident ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi chorani ko‘rib chiqdi

    Shavkat Mirziyoyev ipakchilik va pillachilik sohasini rivojlantirish yuzasidan takdimot bilan tanishdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi.'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 12:32

    Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi.

    17 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha savdo vakili lord Jon Olderdaysni qabul qildi.

    'Prezident AQSHga tashrif buyuradi'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 03:16

    Prezident AQSHga tashrif buyuradi

    O‘zbekiston yetakchisining Qo‘shma Shtatlarga tashrifidan nima kutilmog‘da?

    'Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi mexanizmlar joriy etilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 09.02.2026 15:14

    Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi mexanizmlar joriy etilmoqda

    Президентнинг 2026 йил 4 февральдаги фармонига мувофиқ, 1 июлдан республика ва ҳудудий бозорлар таҳлили асосида ўзлаштириш тавсия этиладиган рақобатбардош маҳсулотлар рўйхати босқичма-босқич шакллантириб эълон қилинади.

    'Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat 07.02.2026 13:28

    Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tdi, dedi yozdi Saida Mirziyoyeva.

    'Oʻzbekiston va Pokiston prezidentlari Islomobodd muzokara oʻtkazdi'ning rasmi

    Siyosat 06.02.2026 09:45

    Oʻzbekiston va Pokiston prezidentlari Islomobodd muzokara oʻtkazdi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Asif Ali Zardari bilan tor doira va delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.