AsosiyJamiyat

Sheyx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti - 2026 gʻoliblari maʼlum boʻldi

Bugun Abu-Dabida nufuzli Zayed Award for Human Fraternity xalqaro mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.

'Sheyx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti - 2026 gʻoliblari maʼlum boʻldi'ning rasmi

 Ushbu mukofot har yili tinchlikparvar jamiyat qurishga real hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi. Bu yil hakamlar hay’ati ikkita muhim voqeaga e’tibor qaratdi.

Birinchi sovrindor Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tarixiy tinchlik shartnomasi bo‘ldi. Ushbu qaror ko‘p yillik mojaroni tugatish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilib, eng murakkab vaziyatlarda ham muloqot va yarashuv yo‘lidan borish mumkinligini isbotladi.

Ikkinchi sovrindor Afg‘onistonlik jasur ayol Zarqa Yaftali bo‘ldi. Qizlarning ta’lim olish huquqlarini himoya qilishga umrini bag‘ishlagan ushbu insonning sa’y-harakatlari tufayli 100 mingdan ortiq kishi bilimga ega bo‘lish, psixologik yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Xalqaro hakamlar hay’ati ishidagi O‘zbekistonning alohida o‘rni

Nufuzli mukofot laureatlarini aniqlish jarayonlarida Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etgani biz uchun e’tiborlidadir. Uning xalqaro hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etishi mamlakatimizning insonparvarlik qadriyatlarini ilgari surish, ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’limni jahon miqyosida qo‘llab-quvvatlash masalalarida faol pozitsiyasini aks ettiradi.

Turli mamlakatlarning taniqli siyosiy va jamoat arboblarini o‘z ichiga olgan Hakamlar hay’ati nomzodlarni tanlash borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Shov-shuv, shon-shuhrat emas, balki odamlarga haqiqiy yordam berish va dunyoni yanada yaxshilashga intilish asosiy mezon qilib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar