Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “X.D.D.” MChJ dorixonasi farmatsevt G.X. fuqaro O.A.ga “Omeprazol” dori vositasi shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovgacha tekshiruv davomida dorixona mudirining moddiy javobgarligida bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan bemorlarga retsept asosida berish uchun qabul qilib olingan 10 turdagi jami 2 846 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining kamomadi aniqlandan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 271-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analogari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egalash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmokda.






