AsosiyJamiyat

Andijonda "Shayton" laqabli jinoyiy guruh fosh etildi.

Fuqarolarni qurol bilan qoʻrqitib, kriptovalyuta orqali katta miqdorda pul undirgan guruh aʼzolari qoʻlga olindi.

'Andijonda "Shayton" laqabli jinoyiy guruh fosh etildi.'ning rasmi

Andijon viloyatida odamlarni qurol va o‘tkir tig‘li jismlar bilan tahdid qilib, pul va kriptoaktivlarni tovlamachilik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan uyushgan jinoyiy guruh fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, IIV tezkor-qidiruv departamenti, uning hududiy bo‘linmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida “Shayton”, “Hoji” va “Muftiy” laqablari bilan tanilgan shaxslar qo‘lga olingan. Ular o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimi sifatida tanishtirib, kriptoayirboshlam bilan shug‘ullangan fuqaroni qo‘rqitish orqali 100 ming AQSh dollariga teng kriptovalyutani noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan.

Shuningdek, guruh a’zolari ko‘chada oddiy fuqarolarga nisbatan ham zo‘ravonlik qilgani, ayrim holatlarda chet elda ham jinoyatlar sodir etgani aniqlangan. Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tovlamachilik, talonchilik va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar organlari ushbu guruh harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolarni 102 raqamiga murojaat qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar