AsosiyJamiyat

Sovuqlar sabab energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi.

Havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda.

'Sovuqlar sabab energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi.'ning rasmi

Shu munosabat bilan elektr, issiqlik va gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida qator tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Havo haroratining keskin pasayishi kutilayotgani sabab yoqilg‘i-energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, energetika ob’ektlarida qo‘shimcha texnik ko‘rikalar o‘tkazilib, ishlab chiqarish va etkazib berish quvvatlari sovuq ob-havo sharoitiga moslashtirilgan. Mas’ul xizmatlar tunu kun ish olib bormoqda va ehtimoliy nosozliklarni tezkor bartaraf etishga tayyor holatga keltirilgan.

Sovuq kunlarda energiya resurslariga talab ortishi sabab ayrim hududlarda vaqtincha texnik cheklovlar bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, aholi va ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarni barqaror energiya bilan ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Fuqarolardan elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, isitish uskunalaridan tejamkorlik bilan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish so‘ralmoqda. Energiya ta’minoti bo‘yicha murojaatlar uchun elektr energiyasi yuzasidan 1154, gaz ta’minoti bo‘yicha esa 1104 va 104 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar