AsosiyJamiyat

Namanganda 21 kgdan ortik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mamlakati mizga kontrabanda yo‘li bilan olib kiritilgan yirik miqdordagi narkotik vositalar qo‘lga olindi.

'Namanganda 21 kgdan ortik giyohvandlik moddasi musodara qilindi'ning rasmi

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari va IIO xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida yashovchi ikki nafar fuqaro “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Uychi tumani hududidan o‘tayotgan vaqtida to‘xtatildi.

Tekshiruv natijasida ularning yuk sumkasidan 19 kg 169 gramm “gashish” moddasi aniqlandi, ashyoviy dalil sifatida olindi. Keyinchalik narkotikni olib ketish uchun kelgan yana bir hamshahari ham qo‘lga olindi.

Shuningdek, yana bir tezkor tadbirda Yangi Namangan tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan ayol Marg‘ilondan yuborilgan 1 kg 953 gramm “gashish”ni qabul qilib olayotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar