AsosiyDunyo

Yaqin Sharq davlatlari AQShni Eronga zarbadan qaytarishga urinmoqda

AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari Eronga ehtimoliy harbiy zarba butun mintaqani qamrab oluvchi urushga aylanishidan xavotir bildirib, Vashingtonga diplomatik bosimni kuchaytirmoqda.

'Yaqin Sharq davlatlari AQShni Eronga zarbadan qaytarishga urinmoqda'ning rasmi

Yaqin Sharq davlatlari AQShni Eronga zarbadan qaytarishga urinmoqda

AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari Eronga ehtimoliy harbiy zarba butun mintaqani qamrab oluvchi urushga aylanishidan xavotir bildirib, Vashingtonga diplomatik bosimni kuchaytirmoqda.

"The New York Times" xabar berishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 14 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Trump bilan suhbatda Eronga rejalashtirilayotgan harbiy zarbani kechiktirishni so'ragan. Nashr bu muloqotni Eron atrofidagi keskin vaziyatda muhim burilish nuqtasi sifatida baholamoqda.

Manbalarga ko'ra, shu kuni Trump "qarshi tomondan juda muhim axborot" olganini va Eronda namoyishchilarga nisbatan qatllar to'xtatilganini ma'lum qilgan. NYT talqiniga ko'ra, aynan shu ma'lumot AQSh prezidentining harbiy stsenariydan vaqtincha voz kechishiga sabab bo'lgan.

Netanyaxu bilan bir vaqtda AQShning boshqa mintaqaviy ittifoqchilari — Qatar, Omon, Misr va Saudiya Arabistoni rasmiylari ham Vashington bilan bog'lanib, Eronga zarba butun Yaqin Sharqni qamrab oladigan mojaroga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

"Financial Times" esa so'nggi kunlarda Netanyaxuning odatdagidan farqli ravishda sukun saqlayotganiga e'tibor qaratdi. Gazeta manbalariga ko'ra, Isroil rahbariyati Trump davrida Eron masalasida "noyob imkoniyat oynasi" ochilganini anglab turibdi, ammo mintaqadagi davlatlar uchun harbiy stsenariydan ko'ra siyosiy barqarorlik ustuvor hisoblanmoqda.

Ularning fikricha, AQShning bevosita harbiy aralashuvi Eron bilan cheklanib qolmasdan, butun mintaqada uzoq muddatli beqarorlik xavfini kuchaytiradi. Shu sababli, hozircha diplomatik kanallar orqali vaqt yutish va keskinlikni pasaytirish eng maqbul yo'l sifatida ko'rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQShdagi mavsumiy ishchilar dasturiga O‘zbekistonni kiritish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 17:36

    AQShdagi mavsumiy ishchilar dasturiga O‘zbekistonni kiritish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda mavsumiy ishchilar jalb qilinadigan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni kiritish yuzasidan muzokaralar o‘tkazishni topshirdi.

    'Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya Grenlandiyaga qo‘shin yuboradi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 08:43

    Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya Grenlandiyaga qo‘shin yuboradi

    NATO davlatlari razvedka missiyasi doirasida Arktikada xavfsizlikni o‘rganishni rejalashtirmoqda.

    'AQSh Gʻazo boʻyicha rejani ikkinchi bosqichga oʻtkazdi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 07:39

    AQSh Gʻazo boʻyicha rejani ikkinchi bosqichga oʻtkazdi

    Vashington G‘azodagi urushni tugatishga qaratilgan strategik rejaning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi, biroq birinchi bosqichdagi asosiy bandlar hanuz bajorilmagan.

    'Trump Venesuelaning yangi rahbari bilan ilk bor muloqot qildi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 06:58

    Trump Venesuelaning yangi rahbari bilan ilk bor muloqot qildi

    AQSh prezidenti Donald Trump Venesuelaning muvaqqat yetakchisi Delsi Rodriges bilan telefon orqali gaplashib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

    'BMT Xavfsizlik Kengashi Erondagi vaziyatni muhokama qiladi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 05:49

    BMT Xavfsizlik Kengashi Erondagi vaziyatni muhokama qiladi

    Yig‘ilish AQSh tashabbusi bilan 15 yanvar kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

    'Eron AQSh hujumi ehtimoliga javoban qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 04:25

    Eron AQSh hujumi ehtimoliga javoban qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi

    Eron rasmiylari AQSh tomonidan harbiy hujum amalga oshirilsa, mintaqadagi Amerika harbiy bazalari nishonga olinishi mumkinligini bildirdi.