Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAYaTE) Markaziy Osiyoda sobiq SSSR davridan qolgan uran “merosi”ni bartaraf etish bo‘yicha yangi strategik bosh rejani e’lon qildi. Reja O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi radioaktiv va zaharlı chiqindilar joylashgan hududlarni 2030 yilgacha xavfsiz tozalashni nazarda tutadi.
Ma’lum qilinishicha, hududlar uzoq yillar davomida uran qazib olish va qayta ishlash oqibatida ekologik hamda sog‘liq uchun xavf tug‘dirib kelmoqda. 2017 yildan buyon aniqlandan etti ustuvor hududdan to‘rttasi tozalandi, qolganlarida ishlar davom etmoqda. Eng murakkab hududlardan birida tozalash ishlari 2032 yilgacha cho‘zilishi mumkin.
Yangi strategik bosh reja MAYaTE, xalqaro moliya institutlari va mintaqa davlatlari hamkorligida amalga oshiriladi hamda atrof-muhit xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.






