AsosiySport

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi

Oʻzbekiston Livanga qarshi uchrashuvda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

'O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi'ning rasmi

7 yanvar kuni Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘z ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. "C" guruhining 1-turida Livanga qarshi maydonga tushgan o‘zbekistonliklar minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinni to‘liq nazorat qildi. 24-daqiqada Amirkbek Saidov hisobni ochdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taym boshida Xayrullayev (50-daqiqa) hamda Bahromov (57-daqiqa) gol urdi va hisob 3:0 ko‘rinishiga keldi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida livanliklar faollashib, Farah Shahin 65-daqiqada va qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, hisobni 3:2 ga yetkazdi. Biroq bu Livan jamoasi uchun kamlik qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Livan, Eron va Janubiy Koreya bilan birga harakat qilmoqda. Guruh bosqichidagi navbatdagi o‘yinlar 10 va 13 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'UFC chempioni Ilia Topuria sud majlisida qatnashdi'ning rasmi

    Sport Bugun 11:15

    UFC chempioni Ilia Topuria sud majlisida qatnashdi

    Yengil vazn chempioni Ispaniyada boʻlib oʻtgan sud jarayonida oilaviy masala yuzasidan ishtirok etdi.

    '"Barselona" Ispaniya Superkubogi finaliga yo'l oldi'ning rasmi

    Sport Bugun 06:10

    "Barselona" Ispaniya Superkubogi finaliga yo'l oldi

    Ҳанси Флик шогирдлари ярим финалда “Атлетик Билбао”ни йирик ҳисобда мағлуб этди.

    'Oʻzbekiston olimpiyachilarining Livanga qarshi asosiy tarkibi eʼlon qilindi'ning rasmi

    Sport 07.01.2026 13:25

    Oʻzbekiston olimpiyachilarining Livanga qarshi asosiy tarkibi eʼlon qilindi

    Bugun, 7 yanvar kuni Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

    'Antuan Semenyo "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi'ning rasmi

    Sport 07.01.2026 10:27

    Antuan Semenyo "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi

    "Bournemouth"ning qanot hujumchisi Antoine Semenyo 75 million evaziga "Manchester City"ga ko‘chib o‘tmoqda.

    'Riki Puch 2027 yilgacha maydonga tusha olmasligi mumkin'ning rasmi

    Sport 06.01.2026 14:09

    Riki Puch 2027 yilgacha maydonga tusha olmasligi mumkin

    Puch 2022 yil yozida "Barselona"dan "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tgan.

    'Amoreem MChUdan 10 million funtdan ortiq tovon puli oladi'ning rasmi

    Sport 06.01.2026 09:06

    Amoreem MChUdan 10 million funtdan ortiq tovon puli oladi

    "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan ozod etilgan Ruben Amorim shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganligi uchun 10,05 million funt sterling miqdorida tovon puli oladi.