AsosiySport

Amore "Manchester United"dan iste'foga chiqarildi

Klub rahbariyati bosh murabbiy Ruben Amorim bilan hamkorlikni to‘xtatdi, jamoada vaqtincha Darren Fletcher tayinlanadi.

'Amore "Manchester United"dan iste'foga chiqarildi'ning rasmi

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiy Ruben Amorimni lavozimidan ozod etish qarorini qabul qildi. Bu haqda insider Fabritsio Romano xabar berdi. Ma'lumotni The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn ham tasdiqladi.

Romanoga ko'ra, qaror 5-yanvar tongida qabul qilingan. Ornshteynning yozishicha, jamoada vaqtincha "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Darren Fletcher bosh murabbiy etib tayinlanadi.

Ma'lumot uchun, Ruben Amorim 2024-yil noyabr oyidan buyon "Manchester Yunayted"ni boshqarib kelayotgan edi. U bungacha Lissabonning "Sporting" klubida ishlab, jamoada Portugaliya chempionligiga olib chiqqan.

    Boshqa yangiliklar