AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida Rojdestvo bayramini nishonlashga ruxsat berildi

Shuningdek, endi Saudiya Arabistonida xristian va yahudiy bayramlarini nishonlashga ruxsat berildi.

'Saudiya Arabistonida Rojdestvo bayramini nishonlashga ruxsat berildi'ning rasmi

Saudiya Arabistonida musulmon bo‘lmagan diniy bayramlarni nishonlashga ruxsat berildi. Mamlakati valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud saudiyaliklar hamda qirollik hududida yashayotgan xorijiy fuqarolarga Rojdestvo va boshqa xristian hamda yahudiy bayramlarini nishonlashga ruxsat beruvchi fatvoni imzolaganini ma’lum qildi.

Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. 

Valiahd shahzoda ushbu qarorni mamlakatta diniy siyosatga yangicha yondashuv va Islom talqinini qayta ko‘rib chiqish jarayoni bilan izohladi.

 

Uning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonida shakllantirilayotgan yangilangan diniy yondashuv boshqa din vakillarining e’tiqod erkinligini hurmat qilishni nazarda tutadi.

 

Shu tariqa, qirollik hududida istiqomat qilayotgan taxminan 13 million nafar musulmon bo‘lmagan aholining huquqlari kengaytirildi. Ularning katta qismini nasroniylar tashkil etadi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Ar-Riyod va Jidda kabi yirik shaharlarda xususiy va yarim ommaviy Rojdestvo tadbirlarini o‘tkazishga rasmiy ruxsat berilgan.

 

Xususan, 2022 yilda Rojdestvo archalari va bayramona yoritgichlarni o‘rnatishga qo‘yilgan taqiq bekor qilingan edi.

 

Shuningdek, 2023–2024 yillarda mamlakatta Rojdestvo yarmarkalari, tematik kontsertlar, mehmonxonalar va turistik majmualarda bayram dasturlari tashkil etila boshlandi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar Saudiya Arabistonining global dunyoga ochiqligi, madaniy hilma-hillikka hurmat va turizmni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarining bir qismi hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ҳибсхонада 4,5 йил ўтирдим, шикоят қилмадим — Садир Жапаров'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:34

    Ҳибсхонада 4,5 йил ўтирдим, шикоят қилмадим — Садир Жапаров

    Қирғизистон президенти терговгача ҳибсда сақлаш шароитлари ҳақидаги шикоятга жавобан терговгача ҳибсхона "курорт эмас" эканлигини айтди ва ўзининг ҳибсга олинганини эслади.

    'Zelenskiy Tramp bilan Floridada uchrashishini ma'lum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:18

    Zelenskiy Tramp bilan Floridada uchrashishini ma'lum qildi

    Uchrashuv ertaga, 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

    'Tailand va Kambodja tinchlik bo'yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:25

    Tailand va Kambodja tinchlik bo'yicha kelishuvga erishdi

    Tailand va Kambodja ikki davlat chegarasida 20 kun davom etgan shiddatli janglaridan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta tiklanishi haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

    'Malaysiya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:46

    Malaysiya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi

    Sobiq vazir davlat jamg‘armasidan mablag‘larni talon-toroj qilishda va pul yuvishda aybdor deb topilgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 26.12.2025 13:01

    'Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritmoqda'ning rasmi

    Dunyo 26.12.2025 10:42

    Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritmoqda

    Yangi pul birligi moliyaviy mustaqillik va iqtisodiy tiklanish ramzi sifatida taqdim etildi.