AsosiySport

Eldor Shomurodov “Istanbul Başakşehir”ga g‘alaba keltirib, to‘purarlar poygasida peshqadamga aylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 16-turida “Samsunpor”ga qarshi o‘yinda gol va golli uzatma amalga oshirib, jamoasiga muhim g‘alaba olib keldi.

'Eldor Shomurodov “Istanbul Başakşehir”ga g‘alaba keltirib, to‘purarlar poygasida peshqadamga aylandi'ning rasmi

Uchrashuv “Istanbul Başakşehir”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 66-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqasida sherigiga aniq uzatma berib, ikkinchi golga assistentlik qildi.

Ushbu natija orqali o‘zbekistonlik hujumchi Turkiya Superligasining joriy mavsumidagi gollar sonini 11 taga yetkazdi va to‘purarlar poygasida peshqadamga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 2 ta golli uzatma ham mavjud.

Ma’lumot uchun, “Istanbul Başakşehir” safida to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev ham ushu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, 67 daqiqa harakat qildi.

Ayni paytda “Istanbul Başakşehir” 20 ochko bilan Turkiya Superligasi turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIFAning Hududiy ofisi ochiladi'ning rasmi

    Sport 15.12.2025 19:24

    Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIFAning Hududiy ofisi ochiladi

    Hududiy ofisni tashkil etish va saqlash xarajatlari, avvalo, FIFA tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

    'Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham chempion boʻldi'ning rasmi

    Sport 13.12.2025 21:50

    Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham chempion boʻldi

    Avvalroq, Hasanboy Do‘smatov boksi bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

    'Hasanboy Do‘smatov boksi bo‘yicha ikki karra jahon chempioniga aylandi'ning rasmi

    Sport 13.12.2025 19:43

    Hasanboy Do‘smatov boksi bo‘yicha ikki karra jahon chempioniga aylandi

    Dubaida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati finalida rossiyalik raqibini mag‘lub etdi.

    'JCh–2026: O‘zbekiston o‘yinlari chiptalari narxi e’lon qilindi'ning rasmi

    Sport 12.12.2025 11:57

    JCh–2026: O‘zbekiston o‘yinlari chiptalari narxi e’lon qilindi

    FIFA Jahon chempionati chiptalari narhini yana oshirdi.

    'O'zbekistonlik 3 futbolchi "JCh-2026"ning eng qimmat futbolchilari ro'yxatidan o'rin oldi'ning rasmi

    Sport 07.12.2025 10:32

    O'zbekistonlik 3 futbolchi "JCh-2026"ning eng qimmat futbolchilari ro'yxatidan o'rin oldi

    Abdulqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodovlar eng qimmat futbolchilar ro‘yxatida.

    'Paxtakor - O'zbekistonning eng muvaffaqiyatli klubi'ning rasmi

    Sport 05.12.2025 14:06

    Paxtakor - O'zbekistonning eng muvaffaqiyatli klubi

    Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi o'zbek futbolining haqiqiy faxri va mamlakating eng ko'p titullarga ega jamoasidir.