Toshkentning "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeyev o‘tgan mavsumning "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Bu haqda Professional futbol ligasi xabar berdi.
32 yoshli forvard Superligada 20 ta gol urib, mavsum to‘purariga aylandi va 8 yillik tanaffusdan so‘ng yana mahalliy to‘purar unvonini qo‘lga kiritdi. Sergeyev jamoasi bilan O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘lib, Superligada kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek:
"Eng yaxshi xorijlik futbolchi" — Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi a'zosi Lyupcho Doriev. U 30 ta o‘yinda 16 ta gol urib, 9 ta golga uzatma berdi.
"Eng yaxshi yosh futbolchi" — "Dinamo" (Samarqand) vakili Firdavs Abdurahmonov. 20 yoshli futbolchi 23 ta o‘yinda 6 gol va 3 assist qayd etdi.






