Qirg‘iziston Respublikasi boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, 3–13 dekabr kunlariga rejalashtirilgan jahon chempionati uchun 13 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ularning atigi ikki nafari – O‘mar Livaze (63,5 kg) va Almaz O‘rozbekov (67 kg) hamda bosh murabbiy Danyar Tologon vizaga ega bo‘lgan.
Qolgan 10 nafar bokschiga – Anvarjon Hojiyev, Mirlan Turkbay o‘g‘li, Sanjay Seydakmatov, Rispek Bektenov, Ixtiyor Nishonov, Sirg‘aq Abdijapar o‘g‘li, O‘murbek Bekjigit o‘g‘li, Erkin Adilbek o‘g‘li, Baqit To‘qtosun o‘g‘li va Mirzakir Koshaliev – viza berilmagan.
Federatsiya bu kabi holat yana 46 ta ishtirokchi davlatda kuzatilayotganini, bu esa musobaqaning to‘laqonli o‘tishiga shubha tug‘dirayotganini ta’kidladi.






