AsosiyBu qiziq

Dollar kursi 11 900 so‘mdan pasaydi

Markaziy bank 27 noyabr uchun belgilagan rasmiy qiyamatga ko‘ra, dollar 55,29 so‘mga arzonlashib, 11 881,60 so‘mni tashkil etdi.

'Dollar kursi 11 900 so‘mdan pasaydi'ning rasmi

Markaziy bank e’loniga ko‘ra, asosiy xorijiy valyutalar bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar qayd etildi: yevro 19,81 so‘mga pasayib, 13 749,39 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli 0,51 so‘mga arzonlashib, 151,05 so‘m etib belgilandi. Xitoy yuani esa 5,96 so‘mga tushib, 1 678,38 so‘mni tashkil qildi.

Oltinning 1 gramm narxi 21 600 so‘mga qimmatlashib, 1 mln 655 ming 600 so‘mga yetdi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, 26 noyabr soat 16:00 holatida bitcoin kursi 8 mln 606 ming 561 so‘mga tushgan va 1 mlrd 35 mln 438 ming 15 so‘m qiyatda qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar