AsosiyBu qiziq

O'zbekistonda dollar kursi yana ko'tarildi

Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilagan valyutalar kursini ma'lum qildi.

'O'zbekistonda dollar kursi yana ko'tarildi'ning rasmi

Markaziy bankning navbatdagi valyuta qiyimati haqidagi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh dollari kursi 11 988,32 so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan kunga nisbatan 16,92 so‘mga yuqori.

Yevro ham o‘sishni qayd etdi — uning qiyimati 13 822,53 so‘m bo‘lib, 25,49 so‘mga oshgan.

Shuningdek, Rossiya rubli kursi ham biroz ko‘tarilib, 152,02 so‘mni tashkil etdi (+0,21).

Markaziy bank valyuta kurslarini xarid va sotish bo‘yicha amaldagi bozor mexanizmlari asosida belgilashda davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar