Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojхona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasi savdosiga chek qo‘yildi.
Xususan, oldindan kuzatuvga olingan – Urgut tumanida yashovchi, 1966 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs 993 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 15 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi, deya xabar bermoqda DXX axborot xizmati.






