AsosiySport

Kapadze Indoneziya milliy jamoasida ish boshlashi mumkin

U indoneziyalik sport tahlilchisi Effendi Gazali bilan suhbatda Indoneziya milliy jamoasini boshqarishga tayyorligini ma'lum qilgan.

'Kapadze Indoneziya milliy jamoasida ish boshlashi mumkin'ning rasmi

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. U indoneziyalik sport tahlilchisi Effendi G‘azali bilan suhbatida Indoneziya milliy jamoasini boshqarishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Kapadze Indoneziya futbol federatsiyasidan rasmiy taklif kelsa, uni qabul qilishga tayyorligini aytgan.

"Indoneziya milliy jamoasiga murabbiylik qilishga tayyorman, inshaalloh. Hozirda bo‘shman, shuning uchun taklif kutayapman. Indoneziyani yaxshi ko‘raman, muxlislarni ham. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur", – degan u.

    Boshqa yangiliklar