Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb 29 oktyabr – 1 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Finlandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zaro savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kimyo, energetika, raqamlashtirish, tog‘-kon sanoati va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi. Mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohalarida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, ko‘p tomonlama tuzilmalarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.
Boshqa yangiliklar

Siyosat Bugun 16:23
Serbiya prezidenti Mirziyoyev haqida gapirdi
Xo'sh, u O'zbekiston yetakchisi haqida qanday fikr bildirdi?

Siyosat Bugun 09:30
Oʻzbekiston va Serbiyaning birinchi xonimlari uchrashdi
Xo'sh, ular nimanini muhokama qildi?

Siyosat Bugun 07:09
O'zbekiston va Serbiya o'rtasida qanday kelishuvlarga erishildi?
Ikkki davlat yetakchilari Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.



