World Boxing xalqaro tashkiloti o‘zining yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan. Reyting natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik olti nafar bokschi o‘z vazn toifasida yetakchilik qilmoqda. Ular – Abdumalik Xolokov (60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg), Fazliddin Erkinboyev (75 kg), Jahongir Umataliyev (80 kg), Akmaljon Isroilov (85 kg) va To‘rabek Habibullayev (90 kg). Reytingda O‘zbekiston bokschilari 10 ta vazn toifasining 6 tasida yetakchi. Qozog‘istonlik bokschilar esa qolgan 4 toifada peshqadamlik qilmoqda.






