Bloger Sanjar Karimovning (Real Sanjik) bolalar uyiga hovli hadya qilmoqchi ekani to‘g‘risidagi xabarlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi izoh berdi.
Joriy yil 24 oktyabr kuni Sanjar Karimov 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurib, mazkur hovlini tekin foydalanishga berish niyati haqida ariza qoldirgan.
Unga mehribonlik uylari to‘liq davlat ta’minotida bo‘lib, ota-ona qaramo‘g‘idan mahrum bo‘lgan bolalar belgilangan tartibda uy-joy, oqatlanish, kiyim-kechak, ta’lim va tibbiy xizmat bilan ta’minlanishi ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, turar joyni topshirishga oid notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilmagan.
"Agentlik bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan har qanday ezgu tashabbuslarga hurmat bilan qaraydi. Biroq shuni ta’kidlash joizki, davlat muassasalariga ko‘chmas mulk yoki boshqa moddiy yordam shakllarini topshirish zarur emas", deyiladi xabarda.






