Kunning ikkinchi yarmida Prezident AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Sergio Gor bilan uchrashadi.
Shuningdek, haftaning davomida davlat rahbari Samarqandda o‘tayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi.
U yerda madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga tashrif buyurib, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi.






