AsosiySiyosat

Hokimlarning sun'iy intellekt bo'yicha maslahatchilari bo'ladi

Endi har bir hududda raqamlashtirish va sun'iy intellekt masalalari bilan alohida mutaxassis shug'ullanadi.

'Hokimlarning sun'iy intellekt bo'yicha maslahatchilari bo'ladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida sun’iy intellektni rivojlantirishga oid yangi tashabbuslar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha tuman va shahar hokimlari huzurida raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy qilinadi.

Shuningdek, barcha vazirlik va idoralarda sun’iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘linma tashkil etilishi, ularning ishiga samaradorlik va xizmat sifatini oshirish, byurokratiya va yashirin iqtisodni qisqartirish kabi vazifalar yuklanishi belgilandi.

Yig‘ilishda yuqori natijalarga erishgan, xorijiy tillarni biladigan 100 nafar mutaxassisni AQSh, Yevropa, Singapur va Yaponiya kabi davlatlarga maxsus 6 oylik kurslarga yuborish rejalashtirilgani ham ma’lum qilindi.

Kelasi yildan boshlab esa vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish darajasiga qarab maxsus reyting baholash tizimi ishga tushadi.

    Boshqa yangiliklar