Jizzax viloyatida elekt energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda. Shu maqsadda “O‘zenergoinspektsiya”ning viloyat hududiy boshqarmasi va prokuratura organlari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida navbati qoidabuzarlik aniqlandi.
Unga ko‘ra, G‘allaorol tumanidagi “A.U.B.” oilaviy korxonasi o‘zboshimcha bilan tarmoqqa ulanib, elekt energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.
Inspektsiya axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu qoidabuzarlik orqali elekt ta’minoti korxonasiga 2 milliard 217 million so‘mlik zarar yetkazilgan. Ayni kunda mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.