AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Respublika boʻylab havo harorati sezilarli darajada pasaydi.

'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

O'zgidrometning xabar berishicha, 18 oktyabr kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 23-25 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo'ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi, kechga borib qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 21-26 daraja iliq bo'ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 21-26 daraja iliq bo'ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 23-28 daraja iliq bo'ladi.  

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 23-28 daraja iliq bo'ladi.  

Respublikamizning tog'li hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi15-20 daraja iliq bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar