AsosiyDunyo

Rossiya va AQSh Prezidentlari qachon uchrashadi?

Bu masalani Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio muhokama qiladi— Peskov.

'Rossiya va AQSh Prezidentlari qachon uchrashadi?'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Trumpning Vengriyadagi uchrashuvi ikki hafta ichida yoki "biroz keyinroq" bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh rahbarlarining uchrashuvini tashkil etish jarayoni tez orada boshlanadi.

"Ha, uchrashuv ikki hafta ichida yoki biroz keyinroq bo‘lishi mumkin. Hozircha Prezidentlarning bu uchrashuvni o‘tkazishga siyosiy irodasi bor. Avvalo, bu masalani Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio muhokama qiladi. Ular avval telefon orqali gaplashadi, keyin uchrashadi va barcha tafsilotlarni bosqichma-bosqich ishlab chiqishadi", — deydi Peskov.

    Boshqa yangiliklar