AsosiyBu qiziq

2025 yilda eng barqaror iqtisodiyotga ega davlat aniqlandi

Hinrich Foundationning yangilangan reytingida Buyuk Britaniya birinchi o‘rinni egalladi, Rossiya esa ro‘yxatning eng oxiriga tushdi.

'2025 yilda eng barqaror iqtisodiyotga ega davlat aniqlandi'ning rasmi

Hinrich Foundation va IMD World Competitiveness Center hamkorligida tayyorlangan Sustainable Trade Index – 2025 reyting natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya barqaror savdo va iqtisodiy tizimlar bo‘yicha jahon yetakchisi deb topildi. U o‘tgan yilgi ikkinchi o‘rindan birinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Yangi Zelandiya ikkinchi, Avstraliya va Singapur esa mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi.

Indeksda Janubiy Koreya 5-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Shri-Lanka 6 pog‘ona yuqoriga chiqib, 20-o‘rinni egalladi. Rossiya esa 2023 va 2024 yillardagi so‘nggi o‘rinni bu gal Myanmaga topshirdi.

Reyting 72 ta ko‘rsatkich asosida tuziladi va uch yo‘nalishni qamrab oladi: iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlik. Hisobotda ta’kidlanishicha, yuqori YaIMga ega davlatlar doimo kuchli natijalarga erishavermaydi — xususan, Kanada, Janubiy Koreya va AQSh ekologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 17.10.2025 16:22

    Dollar kursi tushdi

    O'zbekiston Markaziy banki 20 oktyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e'lon qildi.

    'O'zbekistonda ayollar ko'p umr ko'radimi yoki erkaklar?'ning rasmi

    Bu qiziq 17.10.2025 08:30

    O'zbekistonda ayollar ko'p umr ko'radimi yoki erkaklar?

    Ko'pchilikni qiziqtirgan savolga javob berildi.

    'Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?'ning rasmi

    Bu qiziq 17.10.2025 07:28

    Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

    Respublikada harorat kechagidan salqinroq bo‘ladi.

    'Miyadagi charchoqlarga nima sabab bo‘layotgani aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 16.10.2025 08:14

    Miyadagi charchoqlarga nima sabab bo‘layotgani aytildi

    Iqlimshunos Erkin Abdulahatov ko‘pchilikni qiziktirgan savollarga javob berdi.

    'Bugun havo harorati qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 16.10.2025 08:03

    Bugun havo harorati qanday bo‘ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 32 daraja issiq bo'ladi.

    'Dollarning rasmiy kursi yangilandi'ning rasmi

    Bu qiziq 15.10.2025 16:49

    Dollarning rasmiy kursi yangilandi

    1 dollar 12 233,67 so‘m etib belgilandi.