AsosiySiyosat

Prezident sholi maydoniga bordi

Viloyatda joriy yil hosili uchun 8,7 ming gektar sholi ekilgan.

'Prezident sholi maydoniga bordi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Rice” sholichilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushu mas’uliyati cheklangan jamiyatda sholi yetishtirish va uni chuqur qayta ishlash bo‘yicha to‘liq sanoat zanjiri yaratilgan.

Aytish joizki, ilgari sholikorlar faoliyati tarqoq bo‘lgani uchun tuzuk daromad ololmasdi. Ayniqsa, sholini qayta ishlashda ko‘plab muammolarga duch kelinar edi. Keyingi yillarda alohida e’tibor tufayli sohada sifat o‘zgarishlari boshlandi, samaradorlik oshgan.

Bugungi kunda Toshkent viloyatida ham sholichilik tarmog‘ida muayyan yutuqlarga erishilgan.

Viloyatda joriy yil hosili uchun 8,7 ming gektar sholi ekildi. Suv tejovchi texnologiyalar uchun 3 ming gektar yer lazerli tekislandi. Natijada viloyat bo‘yicha 60 million metr kub suv tejaldi, 522 tonna urug‘lik sarfi kamaygan.

Jumladan, “TST Rice” klasteri tomonidan 2 ming gektardan ziyod maydonda “Iskandar”, “Guliston”, “Nukus” navlari ekilib, parvarishlangan.

Bugungi kunda 985 gektar maydonda sholi yig‘ib olinib, gektariga o‘rtacha 65-70 sentnerdan, ayrim dalalarda 80-85 sentnerdan hosil olingan.

Davlat rahbari shu yerda fermerlar, qishloq xo‘jaligi faxriylari bilan muloqot qildi. Ular hosildor navlar va yangicha agrotexnologiyalar tufayli mehnatdan manfaatdorlik osib borayotganini aytgan.

“Bugun hamma sohada ilmg'a, innovatsiyaga, ilg‘or texnologiyalarga tayanaymiz. Qishloq xo‘jaligida ham bozor tamoyillarini joriy etib, daromadni oshirmaganimizda bugungidek hosildorlik bo‘lmasdi. So‘nggi vaqtlarda tabiat o‘zgari, suv taqchilligi ortmoqda. Endi mirishkorlar bunga moslashib ishlashi, tomchilatib sug‘orish, suvdan tejab foydalanishni o‘rganishi kerak”, – deydi Prezident.

Sohadagi xorijiy tajribalarni o‘rganish, ilm bilan mehnat unumdorligini oshirish muhim ekani ta’kidlandi. Mutasaddidlarga hosildor navlarni ko‘paytirish, qayta ishlashni kuchaytirish, suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari "Shovot–Toshhovuz" chegaraoʻldi savdo zonasini ishga tushirdilar'ning rasmi

    Siyosat 17.11.2025 14:13

    Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari "Shovot–Toshhovuz" chegaraoʻldi savdo zonasini ishga tushirdilar

    Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammadov “Shovot–Toshhovuz” qo‘shma chegarao‘ldi savdo zonasini rasman ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

    'Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib oldi'ning rasmi

    Siyosat 17.11.2025 13:23

    Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib oldi

    Ikkki davlat rahbarlari Koʻksaroydagi uchrashuvda savdo, sanoat va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligini taʼkidladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 16.11.2025 18:54

    ''ning rasmi

    Siyosat 16.11.2025 14:26

    ''ning rasmi

    Siyosat 16.11.2025 12:25

    ''ning rasmi

    Siyosat 16.11.2025 10:35