Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotida aytilganidek, ushbu siroplar Sresan Pharmaceutical, Rednex Pharmaceuticals va Shape Pharma kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan. Har uchala dori vositada o‘limga olib keluvchi dietilenglikol moddasi aniqlangan.
Hindistonning dori standartlarini nazorat qilish markazi (CDSCO) JSSTga oktabr boshida xabardor qilgan. Shuningdek, COLDRIF, Respifresh TR va ReLife siroplarini qabul qilgan bolalarda buyrak shikastlanishi kuzatilgani va kamida 22 nafar bola vafot etgani ma’lum qilingan.
Hukumat darhol bu dori vositilarini ishlab chiqarishni to‘xtatish haqida farmoyish berdi. CDSCO ma’lumotiga ko‘ra, zaharli siroplar eksport qilinmagan va bu borada noqonuniy holatlar hozircha aniqlanmagan.
JSST barcha davlatlarni Hindiston dori bozorini qat’iy nazorat qilishga va og‘iz orqali qabul qilinadigan suyuq dori vositlari xavfini sinchkovlik bilan baholashga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avval Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” siropi O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda yuzlab bolalarning o‘limiga sabab bo‘lgani. O‘sha holat uchun mas’ul bo‘lgan farmatsevtika mutaxassislari uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.