AsosiyBu qiziq

Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun jang qiladi

Romero professional ringda 19 mart jang o‘tkazgan.

'Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun jang qiladi'ning rasmi

Jahon boks assotsiatsiyasida (WBA) amerikalik chempion Rolando Romero o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosovga qarshi chempionlik kamarini himoya qilishi shartligini rasman e’lon qildi.

Tashkilotning 14 oktyabr kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Romero kamarni qo‘lga kiritganidan keyin 120 kun ichida majburiy jang o‘tkazishi kerak edi — bu muddat 1 sentyabrda tugagan.

Romero va G‘iyosovning promouterlariga muzokaralar o‘tkazish uchun 30 kunlik muddat berildi — 13 oktyabrdan 13 noyabrgacha.

Agar tomonlar bu vaqt ichida kelisha olmasa, jangni tashkil qilish huquqi ochiq auktsion orqali aniqlandi.

Romero professional ringda 19 marta jang o‘tkazgan, 17 ta g‘alabaga (13 ta nokaut) erishgan, 2 bor mag‘lub bo‘lgan.

Shahram G‘iyosov esa 17 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan (10 ta nokaut) va hali mag‘lubiyatga uchramagan.

U oxirgi jangini 2025 yil 13 aprel kunida argentinalik Franco Okampoga qarshi o‘tkazib, 4-raundda nokaut bilan g‘alaba qozongandi.

    Boshqa yangiliklar