AsosiyDunyo

Madagaskar prezidenti mamlakatdan qochib ketdi

Xo'sh, bunga nima sabab bo'lgan?

'Madagaskar prezidenti mamlakatdan qochib ketdi'ning rasmi

Madagaskar prezidenti Andri Rajuelina 12 oktyabr kuni yoshlar boshchiligidagi ommaniy noroziliklar va armiyaning bir qismini namoyishchilar tarafiga o‘tishi ortidan mamlakatni tark etdi. Bu haqda muxolifat rahbarlari va rasmiy manbalar Reaturs’ga ma’lum qilgan.

Muxolifat yetakchisi Siteni Randrianasoloniako parlamentdagi chiqishida Rajuelina Frantsiyaga tegishli harbiy samolyot orqali mamlakatdan olib chiqilganini aytdi. Harbiy manbaga ko‘ra, u Sent-Mari aeroportidan vertolyot orqali olib ketilib, Casa samolyotiga o‘tkazilgan.

Prezident xalqqa yo‘llagan videomurojiatida o‘z hayotiga havf tug‘ilgani sababli xavfsiz joyga ketishga majbur bo‘lganini bildirgan. U qayerga ketganini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, "Madagaskarni vayron qilishga yo‘l qo‘ymasligini" ta’kidlagan. Diplomatik manbalar uning iste’fo berishni rad etganini bildirgan.

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron esa Rajuelinaga qochishda yordam bergani haqidagi da’volarni hozircha tasdiqlamadi, ammo Madagaskarda konstitutsiyaviy tartib saqlanishi zarurligini qayd etdi.

"Z avlod" noroziliklari va tartibsizliklar

Sentyabr oyidan boshlab Madagaskarda "Z avlodi" nomi bilan tanilgan yoshlar hukumatga qarshi ommaniy namoyishlar boshladi. Dastlab suv va elektr ta’minotidagi muammolarga norozilik bildirgan namoyishchilar keyinroq prezident, parlament va saylov komissiyasining iste’fosini talab qilishdi.

Tartibsizliklar natijasida bir nechta davlat idoralari, savdo markazlari va banklar vayron qilindi. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar bilan javob berdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ilk to‘rt kun ichida kamida 22 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortigi jarohatlangan.

Hozircha mamlakatda vaziyat beqarorligicha qolmoqda. Rajuelina rasman iste’fo bermagan bo‘lsa-da, uning taqdiri va siyosiy kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar