Markaziy bank 14 oktyabrdan amal qiladigan valyuta kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AQSh dollari yana qimmatlashdi — 8,64 so‘mga oshib, 1 dollar 12 149,55 so‘mga teng bo‘ldi. Evro esa 34,3 so‘mga arzonlashib, 14 087,40 so‘mga tushgan. Rossiya rubli esa 1,03 so‘mga qimmatlab, 150,44 so‘mni tashkil etdi. Avvalroq, 10 oktyabrda ham dollar 17,53 so‘mga ko‘tarilib, 12 140,91 so‘mga chiqqandi. Sentyabrda so‘m biroz mustahkamlanib, dollarga nisbatan 3,4 foizga qadri oshgan edi. Bunga asosan xorijiy valyuta taklifining ortishi sabab bo‘lgani aytilgan. Birok oktyabr oyida bu tendensiya o‘zgarib, dollar kursi yana o‘sishda davom etmoqda.