O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusseldagi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ular O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.
“O‘zaro munosabatlar bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Muloqot davomida aniq loyiha va tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, hamkorlik yo‘lida Markaziy Osiyo miqyosida ochilayotgan yangi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish muhimligi qayd etilgan.
“Biz YI bilan sheriklikni yanada kengaytirishga sodiqligimizni tasdiqladik”, - deyiladi xabarda.