AsosiyDunyo

Trump dag'dag'a qildi, Nobel Venesuelaga ketdi

2025 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti venesuelalik siyosatchi Maria Korina Machadoga berildi.

'Trump dag'dag'a qildi, Nobel Venesuelaga ketdi'ning rasmi

Norvegiya Nobel qoʻmitasi bu yilgi Tinchlik mukofotini Venesuela muxolifat yetakchisi Mariya Korina Machadoga topshirdi.

U mukofotga mamlakatda demokratiyani targʻib qilish yoʻlida olib borgan tinch va izchil kurashi uchun loʻyiq topilgan.

Qoʻmita raisi Yorgen Vatne Fridnes taʼkidlashicha, Machado Venesuela xalqining demokratik huquqlari uchun "mardona va tinmay kurashgan". Mukofot bu yoʻldagi mehnatga xalqaro eʼtirof sifatida qaralmogda.

Bu orada AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp yana Nobel mukofotisiz qoldi. U avvalroq oʻzini mukofotga munosib deb atab, "etti urushni tugatganini" aytgan edi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Tramp nomzodini qoʻllab-quvvatlagan.

2025 yilda Tinchlik boʻyicha Nobel uchun 338 nomzod koʻrsatilgan boʻlib, bu soʻnggi yillardagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biridir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suriyada yangi valyuta muomalaga chiqariladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 22:25

    Suriyada yangi valyuta muomalaga chiqariladi

    Oltita yangi turdagi banknotalarda tasvirlar va ramzlar bo‘lmasligi aytilgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:17

    'Indoneziya isroillik sportchilarga Jahon chempionati uchun viza berishdan bosh tortdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:07

    Indoneziya isroillik sportchilarga Jahon chempionati uchun viza berishdan bosh tortdi

    Mamlakatning huquq va inson huquqlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Yusril Ihza Mahendra buni tasdiqladi.

    'Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik 3 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:36

    Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik 3 yilga qamaldi

    Sud uning aybini tan olishi, pushaymonligi va ogʻir moddiy ahvolini inobatga olib, 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan.

    'Putin Oʻzbekiston samolyotining halokatida Rossiyaning aybini tan oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:55

    Putin Oʻzbekiston samolyotining halokatida Rossiyaning aybini tan oldi

    Dushanbedagi uchrashuvda Rossiya prezidenti 2024 yil dekabrida yuz bergan fojia uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.

    'Endi Jizzaxdagi bog‘chalarda 30 dan ortiq bola ovqatdan zaharlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:17

    Endi Jizzaxdagi bog‘chalarda 30 dan ortiq bola ovqatdan zaharlandi

    Avvalroq, 4 tumandagi bog‘chada bolalar ommaviy zaharlangan edi.