AsosiyDunyo

Talaba sun'iy intellekt bilan yozishmalarida jinoyat sodir etganini aytdi

Politsiya avtomobillarga ommaiviy shikast yetkazishda gumonlangan 19 yoshli talaba ChatGPT dan javobgarlikdan qanday qutilish mumkinligi haqida so‘ragan.

'Talaba sun'iy intellekt bilan yozishmalarida jinoyat sodir etganini aytdi'ning rasmi

AQShning Missuri shtatida politsiya avtomobillarga ommaiviy shikast yetkazishda gumonlanayotgan 19 yoshli talaba Rayan Sheferni qo‘lga olddi. Springfild politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, voqeadan so‘ng yigit darhol ChatGPT bilan yozishmalarda o‘z qilmishini tan olgan.  Bundan tashqari u vandalizm uchun javobgarlikdan qanday qutulish mumkinligi haqida so‘ragan, deya xabar bermoqda. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tunda soat uchlar atrofida Shefer 17 ta mashinaning oynalarini sindirgan, ko‘zgularini yulib tashlagan, kapotlariga zarar yetkazgan va oyna tozalagichlarini buzgan. Kuzatuv kameralari yozuvlari ko‘rsatilganda, u videodagi gumonlanuvchi bilan o‘zaro “o‘xshashlikni sezganini” aytgan, shundan so‘ng iPhone’ini tekshirishga rozi bo‘lgan.

Smartfon ma’lumotlari tahlili Sheferning voqea joyida bo‘lganini tasdiqlagan. Bundan tashqari, chat-bot bilan yozishmalarda u sodir etgan harakatlarini tan olgan va shunday holat ilgari ham jazosiz qolganini ta’kidlagan. Muloqot davomida uning xatti-harakatlari tajovuzkorlikdan hotirjamlikka o‘zgargan, ammo yozishmalarda boshqa odamlarga tahdidlar ham qayd etilgan.

Talaba hibsga olinib, mulkka qasddan zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Sud uni qamoqqa olishga, ozodlikka chiqqandan so‘ng esa spirtli ichimliklar sotiladigan do‘konlarga kirishini cheklashga, tanlab olingan testlar orqali alkogol’ va taqiqlangan moddalar iste’molini tekshirishga, shuningdek, joylashuvini kuzatish uchun elektron qurilma taqib yurishga majbur qilishga qaror qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh razvedkasi Trumpning Eron raketalari haqidagi so‘zlarini tasdiqlamaydi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:52

    AQSh razvedkasi Trumpning Eron raketalari haqidagi so‘zlarini tasdiqlamaydi

    AҚШ разведкаси Доналд Трампнинг "Эрон тез орада АҚШ ҳудудига етиб борадиган ракеталарга эга бўлади" деган даъвосини тасдиқламайди.

    'Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:06

    Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

    Microsoft asoschisi Jeffri Epshteyn bilan munosabatlari bo‘yicha izoh berib, yetarlicha tekshiruv o‘tkazmaganini tan oldi va uzr so‘radi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:33

    ''ning rasmi

    Dunyo 26.02.2026 13:46

    'Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди'ning rasmi

    Dunyo 26.02.2026 06:58

    Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди

    AQSh prezidenti mojaroni tezroq yakunlash tarafdori ekanini bildirgan, Ukraina rahbari esa bu borada boshqacharoq fikr bildirgan.

    'Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 13:24

    Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin

    Илон Маск Мексика президентини наркокартеллар билан алоқадорликда айблаганидан кейин ҳукумат ҳуқуқий чоралар масаласини кўриб чиқмоқда.