AsosiyJamiyat

Taniqli rejissyor Botir Bozarboyev 70 yoshida vafot etdi

Bu haqda uning qizi Shahnaza Joldasova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi.

'Taniqli rejissyor Botir Bozarboyev 70 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 15 sentabr kuni mashhur kino va televidenie operatori, rejissyor Batir Jo‘ldasovich Bazarboyev 70 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning qizi Shahnaza Jo‘ldasova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi.

Marhum uzoq yillar davomida O‘zbekiston va Rossiya kino sohasida faoliyat yuritgan, ko‘plab hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar muallifi sifatida tanilgan edi. U "Dengiz suv so‘raydi", "Orol qizlari", "Ajdar yili" kabi filmlar orqali tomoshabinlar qalbidan joy olgan.

Batir Bazarboyev nafaqat san’at sohasi vakili, balki ilmiy sohada ham faol bo‘lib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori sifatida minglab shogirdlarga saboq bergan.

Eslatib o‘tamiz, marhum Rossiya kinematograflar uyushmasi va kinoperatorlar gildiyasi a’zosi ham edi.

    Boshqa yangiliklar