Turkiya boshqa davlatlar ishtirokisiz mahalliy yadro reaktorlarini yaratish bo‘yicha milliy loyiha boshlanganiini e’lon qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kajirga ko‘ra, bu energiya mustaqilligini mustahkamlash va importga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan “Milliy texnologik sakrash” strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
“Biz boshlagan “Mahalliy yadroviy reaktorni rivojlantirish chaqirig‘i” bilan energiya xavfsizligini ta’minlashni, tashqi ta’minotga qaramlikni kamaytirishni va nol sof emissiya maqsadimizga erishishga hissa qo‘shishni rejalashtirmoqdamiz. TENMAK va TÜ institutlari ishtirokida Turkiya sanoatining vakolatlaridan foydalangan holda yuqori texnologiyali reaktorlar ishlab chiqiladi va mamlakatimizda vazirlik va universitetlar ishga tushiriladi”, — degan u.
Uning aytishicha, tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025 yilning 31 dekabrigacha topshirilishi mumkin.
Turkiyadagi ilk atom elekt stansiyasi “Akkuku” hozirda Rossiya ishtirokida qurilmogda. U Rossiyada ishlab chiqarilgan ilg‘or VVER-1200 3+ reaktorlariga ega to‘rtta quvvat blokidan iborat. Har bir energiya blokining quvvati 1200 megavattni tashkil qiladi. “Akkuku” AES qurilishi global atom sanoatida Build-Own-Operate modelidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan birinchi loyihadir.
Turkiya Prezidenti joriy yilning 8 sentabr kuni mamlakatta “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan qurilayotgan Akkuku atom elekt stansiyasining ishga tushirilishi respublikaga yalpi ichki mahsulotdan 50 milliard dollar olib kelishini aytgan.