AsosiySport

Fazliddin Erkinboyev jahon chempioni boʻldi

Boksi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi dastlabki oltinni qo'lga kiritdi.

'Fazliddin Erkinboyev jahon chempioni boʻldi'ning rasmi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Angliyada o‘tayotgan jahon chempionatida dastlabki oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

-75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Fazliddin Erkinboyev finalda bolgariyalik Kivan Rami ustidan g‘alaba qozonib, terma jamoamizga musobaqadagi dastlabki chempionlikni taqdim etdi.

Final:

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Kivan Rami (Bolgariya) 5:0

Shuningdek, kun davomida ringga ko‘tarilgan yana uch nafar bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Yarim finallar:

-48 kg: Sabina Boboqulova — Nazim Qizaybay (Qozog‘iston) 1:4

-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Lasha Guruli (Gruziya) raqib ringga chiqmadi

-80 kg: Javohir Ummataliyev — Gabriel Veochich (Xorvatiya) 5:0

-51 kg: Feruza Qozog‘ova — Buse Naz Chakirog‘lu (Turkiya) 1:4

-70 kg: Aziza Zokirova — Lekeysha Pergoliti (Avstraliya) 0:5

-85 kg: Akmaljon Isroilov — Mixail Fares (Avstriya) 5:0

    Boshqa yangiliklar