AsosiyDunyo

Чарли Киркнинг қотили ҳақида маълумот учун 100 минг доллар мукофот эълон қилинди

ФҚБ ўзининг Х ижтимоий тармоғидаги расмий саҳифасида эҳтимолий гумонланувчининг суратини эълон қилди.

'Чарли Киркнинг қотили ҳақида маълумот учун 100 минг доллар мукофот эълон қилинди'ning rasmi

Federal qidiruv byurosi (FQB) Charli Kirkni o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda. Maxsus xizmatlar ma’lumot tarqatib, qotilga oid har qanday ishonchli xabar bergan shaxsga 100 ming dollar miqdorida mukofot tayinlandi.

FQB o‘zining rasmiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ehtimoliy gumonlanuvchining suratini e’lon qildi. Bu rasm orqali fuqarolardan uni tanish va huquq-tartibot idoralariga xabar berish so‘ralmoqda.

Assotsiated Press agentligi maxsus xizmat vakiliga tayanib yozishicha, qotil mergan katta ehtimol bilan «talaba yoshi»da bo‘lgan va o‘q otilgandan so‘ng universitet hududida yig‘ilgan olamonga qo‘shilib ketgan. Bu esa uni aniglashni qiyinlashtirgan.

Shuningdek, voqea joyi yaqinidan 30-kalibrli Mauser turidagi vintovka topilgan. Qurol sochiqqa o‘ralgan holda qoldirilgan bo‘lib, uning o‘qdonida otilgan gilza, magazinida esa uchta patron bo‘lgan. Tergovchilarga ko‘ra, aynan shu qurol Kirkni o‘ldirishda ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaga aloqador shaxsni qidirishni davom ettirmoqda. Fuqarolardan shubhali holatlar haqida tezkor ravishda ma’lumot berish so‘ralmoqda.

Ekspertlar ta’kidlashicha, FQB tomonidan mukofot tayinlanishi jinoyatchi shaxsini topishda katta ahamiyatga ega. Chunki ko‘p hollarda fuqarolarning shubhali kuzatishlari va shaxiy ma’lumotlari qidiruv jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Tolibon” yana O‘zbekistondan vertolyotlarni qaytarishni so‘radi'ning rasmi

    Dunyo 12.09.2025 21:49

    “Tolibon” yana O‘zbekistondan vertolyotlarni qaytarishni so‘radi

    Hukumat tashqi ishlar vaziri avvalgi hukumat agʻdarilganidan soʻng Afgʻonistondan Oʻzbekiston va Tojikistonga olib oʻtilgan vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi.

    'Baliqa suv toshqini sabab 14 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 12.09.2025 19:00

    Baliqa suv toshqini sabab 14 kishi halok boʻldi

    Kuchli yomg‘ir Denpasar va Balining sakkizta mintaqasidan oltitasida suv toshqinini keltirib chiqargan.

    'Dunyoda ilk bor sun'iy intellekt vazir lavozimiga tayinlandi'ning rasmi

    Dunyo 12.09.2025 18:35

    Dunyoda ilk bor sun'iy intellekt vazir lavozimiga tayinlandi

    Albaniya bosh vazirining maʼlum qilishicha, u barcha davlat xaridlari uchun masʼul boʻladi.

    'Armaniston va Rossiya teng sheriklardir — Vaagn Xachaturyan'ning rasmi

    Dunyo 12.09.2025 18:14

    Armaniston va Rossiya teng sheriklardir — Vaagn Xachaturyan

    RTVI telekanaliga bergan intervyusida u Yerevannig oxirgi yillarda mustaqil siyosat yuritishga intilayotganini aytgan.

    'Россия ТИВ Польшадан Беларус билан чегарани очишни талаб қилди'ning rasmi

    Dunyo 12.09.2025 16:18

    Россия ТИВ Польшадан Беларус билан чегарани очишни талаб қилди

    Россия ТИВ Беларус билан чегарадаги барча назорат-ўтказиш пунктларини ёпган Польшадан "оқибати ҳақида ўйлаш ва қарорни қайта кўриб чиқишни" талаб қилди.

    '100 dan ortiq deputat Makronga impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi'ning rasmi

    Dunyo 12.09.2025 15:33

    100 dan ortiq deputat Makronga impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi

    Frantsiyada 104 nafar deputat Makronga impichment e'lon qilish haqidagi qonun loyihasini imzoladi.