AsosiyJamiyat

Poytaxt aholisiga pullik "parkovka"larda imtiyoz beriladi

Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan ruxsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, huquqqa ega boʻluvchi fuqarolar toifasi, taqdim etiladigan imtiyozlar roʻyxati aniq belgilanadi.

'Poytaxt aholisiga pullik "parkovka"larda imtiyoz beriladi'ning rasmi

Toshkent shahrida pulli to‘xtash joylari tashkil etilgan ko‘chalardagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun maxsus imtiyozlar yaratiladi. Bu haqda poytaxt hokimligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, aholi uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etilib, ruxsatnoma egalari o‘z mahallasi hududidagi to‘xtash joylaridan sutkaning kechki paytidan tonggacha imtiyozli shartlarda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, kunduzgi vaqtda ham muayyan chegirmalar beriladi, bayram va dam olish kunlarida esa yanada kengroq imtiyozlar taqdim etiladi.

Hozirgi kunda rezidentlik ruxsatnomalarini elektron tartibda olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya ishlari olib borilmogda. Jarayonlar joriy yilning noyabr oyigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bundan so‘ng, Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilinib, ruxsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, huquqqa ega bo‘luvchi fuqarolar toifasi, taqdim etiladigan imtiyozlar ro‘yxati aniq belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar