Yevropa Ittifoqi Isroilga barcha moliyaviy yordamni to‘xtatganini eʼlon qildi. Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbari maʼlum qildi.
Ursula fon der Lyaen Strasburgdagi Evropaparlament yig‘ilishida so‘zga chiqib, Yevropa Ittifoqi Isroilga moliyaviy yordamni to‘xtatganini aytdi. U Yevropa Ittifoqi-Isroil uyushmasi kelishuvini ham qisman to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirmoqdaligini eʼlon qildi.
“Yevropa Ittifoqi Isroil davlatiga barcha moliyaviy yordamni to‘xtatadi, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, Isroilning Xolokost yodgorliklari va tadqiqot markazi Yad va-Shemga yo‘naltirilgan mablag‘lar bundan mustasno”, deydi Ursula fon der Lyaen.
U, shuningdek, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumatidagi “ekstremist vazirlar”ga qarshi sanksiyalar tayyorlanayotganini aytib, bir nechta vazirlar bilan aloqalarni taqiqlash taklifini ilgari surgan.