AsosiyDunyo

Rossiya prezidentining tugʻilgan kuni qanday nishonlanadi?

Prezident Vladimir Putin 7 oktyabr kuni 73 yoshni qarshi oladi.

'Rossiya prezidentining tugʻilgan kuni qanday nishonlanadi?'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 oktyabr kuni 73 yoshni qarshilaydi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov siyosatchi tavallud ayyomini qanday nishonlashini ma’lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Prezident tug‘ilgan kunini odatda yaqinlari davrasida o‘tkazadi. Ammo ko‘pincha shaxsiy bayramini boshqa davlatlar rahbarlari bilan mulogot tarzida olib boradi.

“Barcha insonlar singari, u ham bayramni yaqinlari va tanishlari bilan nishonlaydi. Biroq ko‘p hollarda bu xizmat bayramiga aylanadi — u bunday imkoniyatdan hamkasblari, boshqa davlatlar rahbarlari bilan mulogot qilish uchun foydalanadi”, — deydi Kreml vakili.

An’anaga ko‘ra, Rossiya prezidenti 7 oktyabr kuni MDH davlatlari rahbarlari bilan tez-tez uchrashuvlar o‘tkazadi. Ko‘plab chet el rahbarlari ham qo‘ng‘iroq qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan shaxsan tabriklaydi. 

Ma’lumot uchun, 2024 yil 7 oktyabr kuni kechqurun Putin MDH yetakchilari bilan maxsus yig‘ilishda ishtirok etgan. Prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning ta’kidlashicha, bu yig‘ilish o‘tgan yildagi faoliyatning “cho‘qqisi” bo‘lgan. 

“Putin hech qachon rasman ta’tilga chiqmaydi, chunki prezidentning funksiyalari to‘laqonli dam olish imkoniyatini nazarda tutmaydi”, — deydi Peskov.

    Boshqa yangiliklar