Isroilning G‘arbiy Sohilda qurilish rejalariga qarshi chiqqan London Falastin masalasida qat’iy pozitsiyasini bildirdi.
Buyuk Britaniya 2025 yil sentyabr oyida Falastinni rasman tan olishi kutilmogda. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Isroil rasmiylari Londonning ilgari surgan shartlariga tayyorlik ko‘rsatmayotgani sababli, hukumat Falastinni tan olish qaroriga yaqinlashgan.
Taxmin qilinishiga, mazkur masala Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri David Lemmi tomonidan 1 sentyabr kuni Jamoatlar palatasida so‘zlagan nutqida ham o‘z tasdiqini topadi.
So‘nggi oylarda Londonning Isroilga nisbatan siyosiy bosimi kuchaygani kuzatilmogda. Jumladan, 21 avgust kuni Buyuk Britaniya Isroilning Iordan daryosining g‘arbiy sohilida yangi yahudiy turar-joylarini qurish niyatini qoralagan edi. Shuningdek, 10 avgust kuni G‘azo sektorini bosib olish rejalariga qarshi qator sanksiyalar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilingan.
Mazkur choralar jumlasiga Isroil mudofaa kuchlarining (IDF) Buyuk Britaniyada mashg‘ulot o‘tkazishini taqiqlash ham kirishi mumkin. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi Isroilni G‘azo ustidan nazorat o‘rnatishga urinishlaridan qaytarishga qaratilgan chorlarni ko‘rib chiqmogda.