AsosiyDunyo

Trump xotini yozgan maqtubni Putinga topshirdi — unda qanday masala ko‘tarilgan?

Melaniya Trump xatda rossiyaliklar tomonidan o‘g‘irlangan ukraina bolalari haqida so‘z yuritgan.

'Trump xotini yozgan maqtubni Putinga topshirdi — unda qanday masala ko‘tarilgan?'ning rasmi

16 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:25 da AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashuv o‘tkazdi.

Sammit chog‘ida Tramp turmush o‘rtog‘i — Melaniya Tramp yozgan shaxsiy maktubni Putinga shaxsan topshirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Birinchi xonim maktubda Ukraina urushi davomida Rossiya tomonidan olib ketilgan bolalar taqdiri, ularning noqonuniy assimilatsiyasi va oilalardan ajratilishi haqida qayg‘u bilan fikr bildirgan. Maktubning keyingi taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.

2023 yilda Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Putin va Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Mariya Lvova-Belovaga ushbu bolalarni Ukraynadan olib chiqishdagi ishtiroki uchun hibsga olish bo‘yicha order bergan edi.

Ukraina tomoni 16 mingdan ortiq bola Rossiyaga majburan olib ketilganini qayd etgan.

Tramp ma’muriyati joriy yil 19 mart kuni ushbu bolalarni izlash va Rossiyaning harbiy jinoyatlarini hujjatlash loyihasini to‘xtatgan edi.

Ammo 8 kundan so‘ng Oq uy bu qarorni bekor qilib, bolalar taqdiriga oid ma’lumotlarni qayta tiklashga rozi bo‘ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Markaziy Osiyodagi sobiq uran hududlari 2030 yilgacha tozalanaadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:41

    Markaziy Osiyodagi sobiq uran hududlari 2030 yilgacha tozalanaadi

    MAGATE Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondagi uran chiqindilari mavjud hududlarni tozalash boʻyicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

    'Guterriş Erondagi zʻurovlikdan hayratda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:41

    Guterriş Erondagi zʻurovlikdan hayratda

    BMT Bosh kotibi António Guterres Eronda namoyishchilarga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatilgani haqidagi xabarlardan dahshatga tushganini bildirdi va Tehronni vazminlikka chaqirdi.

    'Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:01

    Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди

    Trumpning Truth Social'dagi hazilomuz post ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi.

    'Eron namoyishlarida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:05

    Eron namoyishlarida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

    8 yanvardan buyon Eron hukumatining mamlakat bo‘ylab internetni to‘liq o‘chirib qo‘ygani sababli axborot oqimi keskin cheklangan.

    'Eron uch kunlik motam e'lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:45

    Eron uch kunlik motam e'lon qilindi

    Эрон президенти фуқароларни миллий қаршилик маршида қатнашишга ва зўравонликни қоралашга чақирди.

    'Трамп ва Зеленский Украинани тиклаш бўйича 800 млрд долларлик битим имзолаши мумкин'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:22

    Трамп ва Зеленский Украинани тиклаш бўйича 800 млрд долларлик битим имзолаши мумкин

    Vladimir Zelenskiy va Donald Trump urushdan keyin Ukrainani qayta tiklash va iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik kelishuvni imzolashi ehtimoli bor.