AsosiyBu qiziq

Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

Respublikaning ayrim hududlarida harorat 40 darajagacha issiq bo‘ladi.

'Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

“O‘zgidromet” 18-21 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 18-19 avgustda 30-35 daraja, 20-21 avgustda 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18 avgustda 15-20 daraja, 19-21 avgustda 17-22 daraja, kunduzi 18 avgustda 30-35 daraja issiq bo‘ladi, 19 avgustda 32-37 daraja, 20-21 avgustda 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18 avgustda 15-20 daraja, kunduzi 18-19 avgustda 30-35 daraja, 20-21 avgustda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 18 avgustda 32-37 daraja, 19-21 avgustda 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 18 avgustda 27-32 daraja, 19 avgustda 30-35 daraja, 20-21 avgustda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 19-21 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 18 avgustda 18-23 daraja, 19-21 avgustda 21-26 daraja issiq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar